Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligi tomonidan federatsiya va assotsiatsiya sportchilari uchun antidoping oʻquv-seminarlarini oʻtkazish davom etmoqda.
Navbatdagi oʻquv-seminar Parapauerlifting boʻyicha terma jamoa aʼzolari bilan oʻtkazildi. Mazkur sport turida ham qolganlariga nisbatan koʻplab jismoniy mashqlar talab etiladi. Shu sababli sportchilar sportda taqiqlangan moddalarni isteʼmol qilmasligi oldini olish maqsadida tushuntirish ishlari oʻtkazildi. Seminarda Agentlikning Antidoping taʼlim dasturlari boʻlimi boshligʻi Z.Gaziyeva va Doping sinovlarini rejalashtirish va terapevtik istisnolar boʻlimi boshligʻi G.Tursunovalar “Dopingning salomatlikka salbiy taʼsiri” va “Terapepvit istisnolar” mavzusida sportchilarga tushuntirishlar berishdi. Seminar yakunida maxsus tarqatma test materiallari sportchilarga tarqatildi va doping yuzasidan bilimlari sinovdan oʻtkazildi. Bu kabi oʻquv-seminarlar doimiy oʻtkazib kelinmoqda. Zero, Agentlik oldiga qoʻygan maqsad ham sportchilar mamlakat va xalqaro musobaqalarda halol dopingsiz gʻalabalarga erishish tarafdori. Unutmang, siz mamlakat sharafini yelkangizga olgan holda halol kurashishingiz lozim.
\