eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Sport kurashlari boʻyicha terma jamoa aʼzolariga antidoping oʻquv-seminari oʻtkazildi

Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligining Antidoping taʼlim dasturlari boʻlimi boshligʻi dotsent Z.Gaziyeva, bosh mutaxassis L.Egamberdiyeva va Doping sinovlarini rejalashtirish va ADAMS monitoringi boʻlimi boshligʻi N.Azamatovalar tomonidan “Doping va uning sportchi organizmiga taʼsiri” mavzusida Oʻzbekiston Sport kurashlari assotsiatsiyasi terma jamoa murabbiylari va sportchilari uchun oʻquv-seminar oʻtkazildi.

Seminarda 60 ga yaqin sportchi va 10 dan ortiq murabbiylar ishtirok etishdi. Mazkur sport turi bilan shugʻullanuvchi sportchilar nisbatan boshqa sport turlariga qaraganda koʻproq jismoniy mashqlar qilishlari talab etiladi. Bu esa, oʻz navbatida zoʻriqishga sabab boʻladi. Bunday holatlarda sportchi tezroq yoʻqotilgan energiyani oʻrnini qoplashi va mashgʻulotlarni davom ettirishi lozim, aks holda oʻylangan natijaga erisha olmaydi. Yoʻqotilgan energiyani oʻrnini qoplash uchun tabiiy boʻlgan mahsulotlar va sportda taqiqlanmagan biologik faol qoʻshimchalardan foydalanishlari lozimligi tushuntirildi.
Shuningdek, seminar davomida professional sportga qadam qoʻygan barcha sportchilarni maʼlumotlari saqlanadigan va ularni muntazam yangilab borilishi kerak boʻlgan ADAMS tizimi haqida ham toʻxtalib oʻtildi.
Oʻquv-seminar yakunida navbatdagi seminar mavzusini sportchilarning talablariga mos ravishda, sof sport gʻalabasi sari “Dopingsiz harakat” mavzusida sport oziqlanish va tabiiy adaptoganlar haqida oʻtkazish rejalashtirildi.
Milliy antidoping agentligi
Matbuot xizmati

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish