eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Danilo Di Luka: “Gʻalaba qozonish maqsadida men barchani aldadim va bundan pushaymon emasman”

Taniqli italiyalik velopoygachi Danilo Di Luka doping isteʼmol qilganini tan oldi.

«Djiro dʻItaliya» koʻp kunli velopoyga gʻolibi Danilo Di Luka uch marta dopingda qoʻlga tushib, umrbod diskvalifikatsiya qilindi. Oʻzining “Gʻalaba qozonish uchun tugʻilgan shaytonlar” nomli kitobida velosport yulduzi butun sport faoliyati davomida taqiqlangan moddalardan foydalanganini taʼkidlaydi. “Men hech narsadan pushaymon emasman. Men birinchi boʻlib finishga yetib kelish maqsadida aldadim va firibgarlikka qoʻl urdim. Agar hamma narsani boshqatdan boshlash imkoni boʻlganda edi, men yana shu ishlarimni takrorlardim”, — deb yozadi Di Luka.

— Men testosteron, EPO va kortizon isteʼmol qilganman. Shifokor menga rasmiy retseptni yozib berolmasdi, shu sababli kerakli taqiqlangan dori vositalarini men oʻzim fitnes-klublar va internet orqali izlab topardim. Bu faoliyatimning bir qismi deb hisoblayman va agarda sen qoʻlga tushsang – qayerdadir hisob-kitobing pand berib qoʻygan.

Biroq bir kun kelib, Di Luka hisobida adashdi. Gap shundaki, EPO taqiqlangan moddasini 8 soat ichida emas, balki 24 soat ichida aniqlaydigan yangi usul yaratilgani haqida koʻpchilik sportchilarning habari yoʻq edi. Shuning uchun 2013-yilda Di Luka kechki uyqudan oldin oʻziga EPO inyeksiyasini qilib, ertalab soat 8:00 da xavotirlanmasdan doping-ofitserlarni kutib olgan. Lekin bu safar topshirgan doping-testi ijobiy natija bergan.

— Doping – maqsadga va chiroyli xayotga erishish qiroli, — deb oʻylaydi velopoygachi. — Doping yordamida kafolatli gʻalaba qozonasiz. Gʻolib esa katta miqdorda pul mukofotini oladi, shuningdek, oʻz jamoasi va xomiylarga pul ishlashga koʻmaklashadi. Velosiped menga barcha hayotimdagi bor narsani berdi...

Bilasizmi, qizigʻi shundaki, xuddi shu fikr har qanday jinoyatchi uchun turtki va oʻzining xatti-harakatlarini oqlash sifatida xizmat qiladi. Bu vaziyatda asosiy narsa uning zaif fikrlari emas, balki inson oʻz hayotida yaxshi koʻrib intilgan barcha narsalardan birdaniga mahrum etilish fojiasidir.

Milliy antidoping agentligi

Matbuot xizmati

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish