eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Dzyudo bo‘yicha terma jamoa aʼzolariga “Antidoping qoidabuzarlik turlari” mavzusida o‘quv-seminar o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi yil boshidan beri ustuvor hisoblangan federatsiya va assotsiatsiyalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan holda antidoping o‘quv-seminarlarini o‘tkazib kelmoqda.

Jumladan, kuni kecha O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi Antidoping taʼlim dasturlari bo‘limi tomonidan O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi terma jamoa  aʼzolari, murabbiylar va sport shifokorlariga “Antidoping qoidabuzarlik turlari” mavzusida ZOOM platformasi orqali onlayn o‘quv-seminar o‘tkazildi.

Seminarda Antidoping taʼlim dasturlari bo‘limi boshlig‘i dotsent Z. Gaziyeva Butunjahon antidoping agentligi Kodeksining 2-moddasida “Antidoping qoidabuzarlik turlari” belgilanganligi hamda ular sportchi va uning personali uchun muhim qoida ekanligi haqida taʼkidlab o‘tdi. Shuningdek, antidoping qoidabuzarlik turlari 11 ta bo‘lib, ishtirokchilarga ular haqida to‘liq maʼlumotlar berildi.

Qolaversa, eng asosiysi Butunjahon antidoping kodeksi qoidalari, taʼqiqlangan modda uning metaboliti yoki markerining sportchidan olingan sinamada mavjudligi, sportchi tomonidan taʼqiqlangan modda yoki uslubni qo‘llash va qo‘llashga urinish, doping-test topshirishdan bosh tortish, qarshilik ko‘rsatish yoki tashrif buyurmaslik, sportchi yoki uning personali tomonidan doping-nazoratining barcha bosqichida soxtalashtirish yoki soxtalashtirishga urinish, taʼqiqlangan modda yoki taʼqiqlangan usulni qo‘llash uchun asbob uskunalarga egalik qilish, sportchiga taʼqiqlangan modda yoki uslubni tavsiya qilish yoki tavsiya qilishga urinish haqida tushunchalar berib o‘tildi.

 

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish