eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi oʻquvchilariga antidoping oʻquv-seminari oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi tomonidan Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi milliy terma jamoa murabbiylari, shifokori hamda sportchi oʻquvchilari uchun oʻquv-seminar oʻtkazildi.

Agentlikning Antidoping taʼlim dasturlari boʻlimi boshligʻi, dotsent Z.Gaziyeva hamda bosh mutaxassis L.Umedovalar tomonidan “Doping va uning sportchi salomatligiga taʼsiri” mavzusida oʻquv-seminar oʻtkazildi.

Oʻtkazilgan seminarda doping sportda — raqobatbardosh sportchilarning sport koʻrsatkichlarini oshiruvchi, tananing jismoniy yoki psixologik faolligini vaqtincha oshiruvchi, noqonuniy dori vositalarini qoʻllash, organizmga nojoʻya taʼsir koʻrsatadigan va maxsus aniqlash usullari mavjud boʻlgan biologik faol moddalar, sport koʻrsatkichlarini majburiy oshirish usullari va koʻp sonli dori-darmonlar mashgʻulot yoki musobaqa paytida sportchilar uchun taqiqlangan maqomiga ega ekanligi taʼkidlandi.

Tadbir davomida mavzu boʻyicha slaydlar yordamida qiziqarli maʼlumotlar berildi hamda doping nazorat qoidalari, Butunjahon antidoping agentligi tasdiqlagan taʼqiqlangan moddalar toʻgʻrisida ham maʼlumotlarga ega boʻlishdi.

 

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish