eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Agentlik xodimlari Butunrossiya xalqaro ilmiy-amaliy forumida maʼruzalari bilan ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi o‘z faoliyatini 2018 yilda boshlagan bo‘lsa, shu kunga qadar Agentlik bir qator nufuzli musobaqalarda doping nazoratini amalga oshirdi va Xalqaro tashkilotlar eʼtiborini qozondi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Shu kunga qadar Agentlik xodimlari xalqaro tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan o‘quv-seminarlarda ishtirok etib kelgan bo‘lsa, endi o‘zlari nufuzli seminarlarda maʼruzalari bilan ishtirok etishmoqda.

Jumladan, joriy yilning 13-14 may kunlari Moskva shahrida bo‘lib o‘tadigan  “Millat salomatligi - Davlat ravnaqining poydevori" mavzusida Butunrossiya xalqaro ilmiy-amaliy forumi ishida ishtirok etish maqsadida rasmiy tashrif bilan bo‘lib turishibdi.

Anjuman dasturi  doirasida "Dopingga qarshi kurashish - sportchilar salomatligiga nazar" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tadi. Unda, O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi bosh direktori N.Tursunov “Biologik faol qo‘shimchalar va sport oziqlanishlarni isteʼmol qilishda doping-xavflar” mavzusida maʼruzasi bilan ishtirok etadi.

Tadbirning ikkinchi kunida Rossiya antidoping agentligining Antidoping taʼlim dasturlari hamda Terapevtik istisnolar bo‘limlari va komissiyalar faoliyati bilan tanishish va tajriba almashish rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi

Matbuot xizmati

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish