eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Samarqand OZK o‘quvchilariga antidoping o‘quv-seminari o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 yilda Xanchjou shahrida (Xitoy) bo‘lib o‘tadigan XIX yozgi Osiyo va IV Paraosiyo o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi.

Mazkur qarorning 12 bandiga ko‘ra, O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi quyidagi vazifalarni bajarish topshirilgan:

sportchilar tomonidan antidoping qoidalariga qatʼiy rioya qilinishi ustidan samarali nazoratni amalga oshish;

sport federatsiya (assotsiatsiya)lari bilan birgalikda reja-grafik asosida seminar-treninglar tashkil qilib borish;

O‘zbekiston sport delegatsiyasi aʼzolarini antidoping mavzulariga oid tegishli o‘quv-axborot materiallari va turli ko‘rgazmali maʼlumotlar bilan taʼminlash topshiriqlari berilgan edi.

Qaror ijrosini taʼminlash maqsadida O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi Antidoping taʼlim dasturlari bo‘limi bosh mutaxassisi Laylo Umedova tomonidan joriy yilning 13-may kuni Samarqand Olimpiya zaxiralari kolleji sportchi-o‘quvchilari, murabbiylar va metodistlarga antidoping o‘quv-seminari o‘tkazildi.

Onlayn ZOOM platformasi orqali tashkil etilgan o‘quv-seminarda “Antidoping qoidabuzarlik turlar” mavzusida mutaxassis tomonidan tushunchalar berildi. Seminar davomida sporti o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va kerakli tavsiyalarni olishdi.

Milliy antidoping agentligi

Matbuot xizmati

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish