eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Milliy antidoping agentligi mutaxassislari yirik xalqaro anjumanda ishtirok etishdi

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 13-14 may kunlari Rossiya Federatsiyasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Sport vazirligi hamda Rossiya Milliy antidoping agentligi hamkorligida “Millat salomatligi — Davlat ravnaqining poydevori” mavzusida Butunrossiya xalqaro ilmiy-amaliy forumini tashkil etildi.

Unda yollangan ekspert-maʼruzachi hamda “Dopingga qarshi kurashish — sportchilar salomatligiga nazar” ixtisoslashgan antidoping sessiyasi moderatori sifatida Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligi bosh direktori N.Tursunov taklif etilgan edi. Ushbu tadbirda jami 600 dan ortiq mahalliy va xorijiy sport tibbiyoti va doping-nazorati sohasi ilmiy xodimlari va amaliy mutaxassislari ishtirok etishdi.

I.Sechenov nomidagi Moskva davlat tibbiyot universitetida boʻlib oʻtgan tadbirning birinchi kunida N.Tursunovning ishtirokchilar eʼtiboriga havola etgan “Sportda biologik faol qoʻshimchalar isteʼmolining doping-xavflari” mavzusidagi taqdimoti barchada katta qiziqish uygʻotib, qizgʻin muhokamalarga sababchi boʻldi. Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligining bosh direktori rossiyalik va xorijiy ishtirokchilarning koʻplab savollariga javob berar ekan, bu borada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan ijobiy natijalar haqida ham toʻxtalib oʻtdi va sessiya muhokamalari ham faol ishchi muhitda boʻlib oʻtdi.

Tadbirning ikkinchi kunida MDH davlatlari milliy antidoping agentliklari rahbarlari, Rossiya Federatsiyasi Sport vaziri O.Matitsin va antidoping masalalari boʻyicha masʼul vazir oʻrinbosari O.Baysultanov, Rossiya Milliy olimpiya va paralimpiya qoʻmitalari raislari S.Pozdnyakov va P.Rojkov, Moskva, Minsk va Almata antidoping laboratoriyalari direktorlari ishtirokida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Unda dopingga qarshi kurashish sohasining dolzarb muammolari, turli qoʻshma tadbirlarni, xususan, hamkorlikda antidoping oʻquv dasturlarini yaratish va joriy etish, sportchilarni doping-testlash, olingan doping-sinamalarni xorijiy antidoping-laboratoriyalariga yuborishdagi logistik muammolar yechimi yuzasidan fikr almashilib, aniq yoʻl xaritasi belgilab olindi.

Tashrif davomida Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligi bosh direktori N.Tursunov Rossiya Milliy antidoping agentligi bosh direktori V.Loginova, Belorus Milliy antidoping agentligi bosh direktori d.Mujjuxin, Rossiya xalqaro olimpiya universiteti rektori akademik L.Belousov bilan alohida uchrashuv oʻtkazib, tashkilotlar oʻrtasida hamkorlik memorandumini imzoladi.

Xususan, Rossiya xalqaro olimpiya universiteti negizida Agentlik mutaxassislari va Agentlik huzuridagi Axloq, Terapevtik istisnolar va Apellyatsiya komissiyalari aʼzolarining malakasini oshirishi yuzasidan kelishuvga erishildi.

Forum yakunida Rossiya Milliy antidoping agentligi bosh direktori V.Loginova, Rossiya Milliy olimpiya qoʻmitasi prezidenti S.Pozdnyakov hamda Rossiya xalqaro olimpiya universiteti rektori akademik L.Belousov tomonidan Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligiga chuqur minnatdorchilik bildirilib, tashakkurnoma va guvohnomalar taqdim etildi.

 

Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligi

Matbuot xizmati

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish