eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Bugun tugʻilgan kun – Nodirjon Tursunov

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi bosh direktori Nodirjon Tursunov 45 yoshni qarshi oldi.

Nodirjon Tursunov 1977-yil 21-may kuni Toshkent shahrida tugʻilgan. Oliy maʼlumotli, 2001-yilda Toshkent pediatriya tibbiyot institutini, 2010-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. 300 yaqin ilmiy maqola, darslik, qoʻllanma, ixtiro va ratsionalizatorlik takliflari muallifi.

N.Tursunov “Oʻzbekiston belgisi”, “Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash aʼlochisi”, “Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishonlari  hamda “Shuhrat” medali bilan bilan taqdirlangan. Sport tibbiyoti sohasida 2014-yilda Xalqaro paralimpiya qoʻmitasi sport shifokori (IPC Medical Classifier Certificate) 2015-yilda esa Xalqaro toifadagi doping nazoratchi (IL Doping Control Oficcer) hisoblanadi.

 Nodirjon Botirovich mehnat faoliyatini 2001-yil Toshkent pediatriya tibbiyot instituti travmatologiya, ortopediya va neyroxirurgiya kafedrasi aspiranti sifatida boshlagan. Keyinchalik Sogʻliqni saqlash vazirligida, Respublika vrachlik-jismoniy tarbiya dispanserida bosh shifokor, Sogʻliqni saqlash vazirligi sport tibbiyoti va doping-nazorati boʻyicha bosh konsultanti, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti sport tibbiyoti, gastroenterologiya va fizioterapiya kafedrasi dotsenti, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti sport tibbiyoti va davolovchi jismoniy tarbiya kafedrasi mudiri sifatida faoliyat olib borgan.

2018-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi bosh direktori lavozimiga tayinlangan va hozirda samarali mehnat qilib kelmoqda.

N.Tursunov shu kunga qadar qaysi jamoada mehnat qilmasin, xodimlar orasida yuksak hurmat va ehtiromga ega boʻlgan. Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligi jamoasi Tursunov Nodirjon Botirovichni  bugungi tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etgan holda u kishiga uzoq umr, mustahkam sogʻlik, oilaviy baxt va mehnat faoliyatida hamisha omad yor boʻlishini tilaydi!

Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligi

Matbuot xizmati

 

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish