eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Sambo boʻyicha terma jamoa aʼzolariga “Doping va uning sportchi salomatligiga taʼsiri” mavzusida seminar oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 5-maydagi “2022-yilda Xanchjou shahri (Xitoy)da boʻlib oʻtadigan XIX yozgi Osiyo va IV Paraosiyo oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan edi.

Mazkur qarorga koʻra, Xitoyda boʻlib oʻtadigan yozgi Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston sportchilarining har tomonlama tayyorligi va muvaffaqiyatli ishtirokini taʼminlash, ularda oltin, kumush va bronza medallarini qoʻlga kiritishi uchun barcha sharoitlarni yaratib berish, Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligiga antidoping oʻquv seminarlarini tashkil etish topshirigʻi berilgan edi.

Ushbu topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi, Antidoping taʼlim dasturlari boʻlimi tomonidan hozirda Toshkent viloyati Chirchiq shahrida oʻquv-mashgʻulot yigʻinini olib borayotgan sambo boʻyicha terma jamoa sportchi va murabbiylar uchun “Doping va uning sportchi salomatligiga taʼsiri” va “Antidoping qoidabuzarlik turlari” mavzularida oʻquv-seminar oʻtkazildi.

Antidoping qoidabuzarlik turlari 11 ta boʻlib, ishtirokchilarga ular haqida toʻliq tushuncha berildi.

Alohida taʼkidlash lozim, taqiqlangan moddadan yoki taqiqlangan usuldan foydalanish yoki foydalanishga urinish muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyatsizlikka olib keladimi, ahamiyatsiz. Taqiqlangan moddadan yoki taqiqlangan usuldan foydalanish yoki foydalanishga urinish antidoping qoidalari buzilganligini aniqlash uchun yetarli boʻladi.

 

Qolaversa, seminar davomida Butunjahon antidoping Kodeksi qoidalari haqida ham tushunchalar berib oʻtildi.

Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligi

Axborot xizmati

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish