Oʻzbek sharhlovchilik maktabi asoschisi, futbol jurnalistikasining faxriysi Axbor Imomxoʻjayev 86 yoshida vafot etdi.
Axbor Imomxoʻjayev — “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiyi”, “Shuhrat” medali sohibi, “Oltin qalam” milliy mukofoti laureati, “Oʻzbek futboli nuroniysi” sovrini egasi edi.
Oʻzbek sport jurnalistikasining otaxoni 1936-yilning 19-fevralida tavallud topgan edi. Oʻzbekiston televideniyasi tarixida futbol uchrashuvini oʻzbek tilida sharhlagan birinchi sport sharhlovchi (1961-yil 20-aprel. “Paxtakor” Toshkent - SSKA Moskva) hisoblanardi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi jamoasi Axbor Imomxoʻjayev vafoti munosabati bilan marhumning oila aʼzolariga, hamkasblari va shogirdlariga chuqur hamdardlik izhor etadi!