eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Abdushukur Abdujamilevich Sadikov O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi bosh direktori lavozimiga tayinlandi

Kecha Sportni rivojlantirish vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligiga yangi bosh direktor tayinlanishi munosabati bilan yig‘ilish o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 6 apreldagi 301-sonli qaroriga binoan, Abdushukur Abdujamilevich Sadikov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi bosh direktori etib tayinlandi.

Abdushukur Sadikov 1974 yil Toshkent shahrida tavallud topgan. Oliy maʼlumotli, Toshkent tibbiyot akademiyasi hamda Toshkent davlat yuridik universitetlarini tamomlagan.

U, 2018 yildan shu kunga qadar Milliy olimpiya qo‘mitasi qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi direktori lavozimida ishlagan.

Abdushukur Sadiqov faoliyati davomida Toshkent tibbiyot akademiyasida assistent, dotsent, so‘ngra Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida bosh boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari va boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. Keyinchalik, Andijon davlat tibbiyot instituti rektori va viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.

U “Tibbiyot va sport” ilmiy jurnali bosh muharriri, 70 dan ortiq nashrlar, yo‘riqnomalar, patent va monografiyalar muallifi hisoblanadi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining 2021 yil 30 yanvardagi qarori bilan Abdushukur Sadiqovga professor ilmiy darajasi berilgan.

Abdushukur Abdujamilevich Sadikovga yangi boshlagan ishlarida omad va zafarlar tilab qolamiz!.

O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi
Axborot xizmati

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish