Bugun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligida navbatdan tashqari yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda, O‘zbekiston Milliy antidoping agentligida bir necha yillardan buyon yaʼni 2018-yilda agentlik tashkil topgandan shu kunga qadar bosh direktor lavozimida samarali faoliyat olib borgan Nodirjon Tursunovni kuzatuv marosimi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni Sportni rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Shaxrullo Mahmudov olib bordi va Nodirjon Botirovichga samarali ish faoliyati davomida orttirgan obro‘-eʼtibori, mamlakatimizda halol sportni targ‘ib qilish yo‘lidagi say-harakatlari uchun rahbariyat va o‘z nomidan minnatdorchilik bildirdi.
O‘z navbatida, Taʼlim dasturlari bo‘limi boshlig‘i Zebinniso Gaziyeva, Bosh hisobchi Mahmuda Gofurova, Antidoping qoidabuzarliklar va ADAMS monitoringi bo‘limi boshlig‘i Nigora Azamatova va Axborot xizmati rahbari Humoyun Omonovlar N.Tursunovga ko‘p yillik mehnatlari davomida xodimlarga samimiy muomilasi, mehnatkashligi va jamoa bilan ishlashdagi tajribalarini eʼtirof etishdi.
Shundan so‘ng, Nodirjon Botirovichga minnatdorlik ramzi sifatida o‘zbek milliy qadriyatlarimizga hurmat bajo keltirgan holda zar to‘n, esdalik sovg‘alari va guldasta taqdim etildi.
O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi jamoasi Nodirjon Tursunovga kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar tilaydi!.
O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi
Axborot xizmati
May 2025 | ||||||
Dsh | Ssh | Chsh | Psh | Jm | Shn | Yak |
1 | 2 | 3 | 4 | |||
5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 |
12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 |
19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 |
26 | 27 | 28 | 29 | 30 | 31 | |