Oʻzbekiston Respublikasining “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunning 7-moddasida vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar oʻz soha faoliyatiga doir normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatini va ahamiyatini tushuntirish, jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha zarur ishlarni tashkil etishi belgilangan.
Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasining “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi 2022-yil 29-iyundagi OʻRQ-781-sonli qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-maydagi “Advokatura faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-263-sonli qarori qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligida mutasaddilar ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi. Ushbu Qonun va qaror mazmun-mohiyatini va ahamiyatini keng tushuntirish maqsadida Agentlik apparat xodimlariga keng qamrovli tushuntirish ishlari olib borildi.