Bugun Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogi-2023 saralashi doirasida Namangandagi “Markaziy” stadionda Maldiv termasi bilan bahs olib bordi. Mazkur bahsda Srechko Katanes shogirdlari 4:0 hisobida gʻalaba qozondi. Oʻzbekiston termasi safida gollarga Eldor Shomurodov(3) va Oston Oʻrunov mualliflik qildi.
Shu tariqa, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 6 ochko toʻplagan holda guruh peshqadamiga aylanib oldi.