eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Xushxabar! Parij-2024ga ilk litsenziyani qo‘lga kiritdik

Fransiyaning Shatoru shahrida para o‘q otish bo‘yicha o‘tkazilgan Jahon kubogida yurtimiz sharafini himoya qilgan paralimpiyachimiz Server Ibragimov Parij-2024ga yo‘llanma oldi.

Joriy yilning 4-12-iyun kunlari Fransiyaning Shatoru shahrida para o‘q otish bo‘yicha o‘tkazilgan Jahon kubogida yurtimiz sharafini himoya qilgan Server Ibragimov erkaklar o‘rtasida 50 metrga to‘pponchadan otish bo‘yicha bahslarda 200.7 ochko jamg‘argan holda bronza medaliga, 10 metrga pnevmatik to‘pponchadan otish bo‘yicha bahslarda esa 217.1 ochko jamg‘arib kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Taʼkidlash kerakki, Server Ibragimov ushbu natijasi bilan delegatsiyamiz hisobiga 2 ta medalni yozdirib qo‘yish bilan bir qatorda, 2024-yil Parijda bo‘ladigan XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri litsenziyani ham qo‘lga kiritdi.

Eʼtiborlisi, aynan Server Ibragimov Parij-2024ga litsenziya qo‘lga kiritgan ilk o‘zbekistonlik sportchiga aylandi.

Maʼlumot uchun, Server Ibragimov para o‘q otish bo‘yicha bir necha bor Jahon va Osiyo chempionatlari sovrindori, shuningdek Rio-2016 yozgi Paralimpiya o‘yinlari bronza medali sohibi hisoblanadi.

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish