eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

WADA Hamdo‘stlik o‘yinlari oldidan Antidoping agentliklariga murojaat qildi

Joriy yilning 7-17 iyul va 28-iyul - 8 avgust kunlari Buyuk Britaniyaning Birmingem shahrida bo‘lib o‘tadigan Hamdo‘stlik o‘yinlari minglab sportchilarni kutib olishga tayyorlanar ekan, WADA Milliy antidoping agentliklariga eslatib o‘tishni joiz topdi. Har bir Antidoping tashkilotlari sportchilarni o‘yinlarda ishtirok etishdan oldin sinovdan o‘tkazish bo‘yicha samarali rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirishi lozim.

Xususan, o‘yinlarga boradigan barcha sportchilar musobaqadan tashqari yoki musobaqalar davomida tegishli test sinovlaridan o‘tishlarini taʼminlash;

o‘yin oldidan ishchi guruhlar (masalan, Birmingem 2022 uchun antidoping ishchi guruhi) yoki sportchilarning pasportlarini boshqarish bo‘linmalari (APMU) tomonidan test sinovlari bo‘yicha har qanday tavsiyalarni bajarish;

namunalarni yig‘ilgandan so‘ng imkon qadar tezroq WADA akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyalarga yuborish;

o‘yinlar boshlanishiga yaqin sinovdan o‘tgan sportchilar uchun namunalar bo‘yicha tezkor tahlil talab qilinadimi yoki yo‘qligini ko‘rib chiqish muhim. Agar shunday bo‘lsa, ushbu namunalarni tahlil qilishga ustuvor ahamiyat berish uchun WADA tomonidan akkreditatsiya qilingan tegishli laboratoriyalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatilganligiga ishonch hosil qilish zarur. Shu tarzda, salbiy tahliliy topilma(lar) uchun har qanday natijalarni boshqarish imkoni bo‘lganda, sportchining musobaqaga chiqishidan oldin hal qilinishi mumkin.

Natijalarning qabul qilinishini kuzatib borib, agar bo‘lajak sportchilar (ishtirok etuvchi sportchilar) uchun natijalar hali xabar qilinmagan bo‘lsa, WADA tomonidan akkreditatsiya qilingan tegishli laboratoriyalar bilan kuzatib borish, qiyinchiliklar yoki kutilmagan kechikishlar yuzaga kelganda, agar kerak bo‘lsa, maxsus tahlillarni WADA tomonidan akkreditatsiya qilingan boshqa laboratoriyaga o‘z vaqtida zudlik bilan topshirish lozimligi qayd etilgan.

Bunday yirik musobaqalarda qatnashadigan sportchilardan olingan namunalarni Butunjahon antidoping kodeksiga muvofiq, 10 yillik daʼvo muddati davomida keyingi tahlil qilish uchun uzoq muddatli saqlashni ko‘rib chiqishni taʼkidladi.

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish