Diskvalifikatsiya davrida sportchi yoki boshqa shaxslarga quyidagilar man etiladi:
sport musobaqalarida yoki boshqa tadbirlarda har qanday imkoniyatda ishtirok yetish;
professional liga, xalqaro yoki milliy tashkilotchilar tomonidan tashkil yetilgan sport musobaqalarida qatnashish;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan moliyalashtiriladigan sport turlari bo‘yicha milliy darajadagi har qanday sport tadbirlarida qatnashish;
Diskvalifikatsiya qilingan sportchilar doping-testdan o‘tishlari mumkin. Diskvalifikatsiya davrida doping-test ro‘yxatida bo‘lgan sportchilar, ro‘yxatdan chiqarilganligi to‘g‘risida xabardor qilinmaguncha ADAMS tizimida qayerdaligini ko‘rsatishlari shart. O‘zMADA diskvalifikatsiya vaqtida test-ro‘yxatida bo‘lmagan sportchilarni test ro‘yxatiga kiritishi mumkin.
Sport faoliyatiga qaytish
Sportchi terma jamoa bilan mashg‘ulotga qaytishi yoki mashg‘ulot uchun klubning boshqa binolaridan foydalanishi mumkin bo‘lgan muddat:
diskvalifikatsiya davrining so‘nggi ikki oyida
diskvalifikatsiya davrining oxirgi choragida
Sportchi yoki to‘rt yildan ortiq diskvalifikatsiya qilingan boshqa shaxs, to‘rt yildan so‘ng mahalliy sport tadbirlarida sportchi sifatida qatnashishi mumkin. Sportchi yoki boshqa shaxsga milliy yoki xalqaro sport tadbirlarida qatnashish huquqini bekor qilinsa ushbu sportchi yoki boshqa shaxs voyaga yetmaganlar bilan biron bir tarzda ishlashga ruxsat berilmaydi.
Diskvalifikatsiya davrdagi ishtirok yetish taqiqining buzilishi
Agar sportchi yoki boshqa shaxs yuqorida ko‘rsatilgan diskvalifikatsiya shartlarini buzsa, musobaqada ishtirok yetish natijalari bekor qilinadi va birinchi diskvalifikatsiya davrining oxirida asl davriga teng ravishda yangi diskvalifikatsiya davri qo‘shiladi.
Milliy antidoping agentligi
Axborot xizmati