Oʻz navbatida bu gʻoyani yanada samarali olib borish uchun Konstitutsiyamizni takomillashtirish zarurati vujudga kelmoqda. Shu bois Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan ishlab chiqilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi konstitutsiyaviy qonun loyihasi umumxalq muhokamasiga qoʻyildi.
Mazkur loyiha yuzasidan fuqarolarga oʻz fikr va mulohazalarini erkin bildirish uchun barcha demokratik sharoitlar yaratildi. Shunga qaramasdan ayrim gʻaraz niyatli shaxslar tomonidan konstitutsiyaviy oʻzgarishlarga norozilik bahonasida tajovuzkorlik va zoʻravonlik yoʻlini tanlab vaziyatni izdan chiqarmoqchi boʻldi.
Shu oʻrinda aytib oʻtishimiz lozim, oʻzbek va qoraqalpoq xalqlari oʻrtasida asrlar davomida shakllangan azaliy doʻstlik va qardoshlik, oʻzaro hurmat va mehr-oqibatni saqlash barchamizning burchimizdir.