Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligi Parij-2024 olimpiya va paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarining har tomonlama tayyorligi va muvaffaqiyatli ishtirokini taʼminlash maqsadida joylarda oʻquv-seminarlari tashkil etilmoqda.
Joriy yilning 5-iyul kuni Parataekvondo sport turi boʻyicha terma jamoa aʼzolariga Milliy antidoping agentligi mutaxassislari tomonidan “Antidoping qoidabuzarlik turlari” mavzusida oʻquv-seminar oʻtkazildi.
Seminar davomida L.Umedova sportchi, murabbiylarga sportda taqiqlangan modda, uning metaboliti yoki markerining sportchidan olingan sinamada mavjudligi, sportchi tomonidan taʼqiqlangan uslubni qoʻllash va qoʻllashga urinish, doping-test topshirishdan bosh tortish, qarshilik koʻrsatish, tashrif buyurmaslik, sportchi tomonidan ADAMS tizimida maʼlumot taqdim etish tartibini buzish, sportchi hamda uning personali tomonidan doping-nazoratining barcha bosqichida soxtalashtirish yoki soxtalashtirishga urinish toʻgʻrisida tushunchalar berildi.
Tadbir davomida sportchilar, murabbiy va sport shifokorlariga mavzu boʻyicha slaydlar yordamida qiziqarli maʼlumotlar berildi hamda ishtirokchilar doping nazorat qoidalari, Butunjahon antidoping agentligi (VADA) tomonidan taʼqiqlangan moddalar toʻgʻrisida ham maʼlumotlarga ega boʻlishdi.
Maʼlumot uchun aytib oʻtmoqchimiz, ushbu terma jamoa aʼzolariga yil boshidan beri ikkinchi marotaba kompleks tarzda oʻquv-seminarlar oʻtkazilishi. Bu esa, albatta sportchilarimizni halol sportga undash, har-xil yod gʻoyalardan asrashga xizmat qiladi.
Unutmang, dopingga qarshi kurash har bir insonning asosiy vazifasi boʻlishi lozim!
Milliy antidoping agentligi
Axborot xizmati