Kecha yaʼni 24-iyul kuni Fransiyaning Parij shahrida kurash boʻyicha Prezident sovrini uchun xalqaro turnir boʻlib oʻtdi.
Yevropada “oliyjanob sport” sport deya eʼtirof etilayotgan milliy sportimiz kurash yana Parijda oʻz tantanasini namoyish etdi. Fransiya timsoli sanalgan Eyfel minorasi poyida oʻzbek nomi jaranglab, minglab turistlarni oʻziga qaratdi.
30 ga yaqin davlat polvonlari ishtirok etgan turnirda Yevropaning koʻzga koʻringan polvonlari jam boʻlishdi. Oʻz navbatida oʻzbek polvonlari ham hech kimdan kam emasliklarini namoyish etdilar. Mutloq vazn toifasida gilamga chiqqan har bir polvon millati, dini va qarashidan qatʼiy nazar oʻzbekona soʻzladi. Chunonchi kurash gilamiga chiqqan har bir kurashchi kurash qoidalaridagi oʻzbekcha soʻzlar bilan boshqarib boriladi.
Yakuniy natijalar esa quyidagicha:
Erkaklar:
1. Muhammadkarim Xurramov (Oʻzbekiston)
2. Kulum Zakro (Serbiya)
3. Danov Boban (Makedoniya)
4. Szurovski Kasper (Polsha)
5. Marmeljuk Aleksandr (Estoniya)
6. Papanikolau Panagiotis (Gretsiya)
7. Gayetan Xuguyes (Fransiya)
8. Sokol Denis (Litva)
Ayollar:
1. Grabovski Jasmin (Germaniya)
2. Likun Sandra (Polsha)
3. Lauryne Maniquye Solance (Fransiya)
4. Bolohan Viktorisa (Belgiya)
5. Gigova Gabriyela (Bolgariya)
6. Ganea Nicoleta-Karina (Ruminiya)
7. Lolova Hanna (Ukraina)
8. Abdujabborova Durdona (Oʻzbekiston)