eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Qashqadaryo: tashrif yakunida viloyatdagi tuman boʻlim boshliqlari va sport taʼlim muassasalari rahbarlari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi

Avval xabar berganimizdek, Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi va Milliy paralimpiya qoʻmitalari tomonidan tasdiqlangan “2024-yil Parij shahrida (Fransiya) boʻlib oʻtadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini tayyorlashda doping qoʻllanilishini oldini olish va dopingga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi dastur tasdiqlangan boʻlib, mazkur dasturga asosan mutasaddilar viloyatlarda xizmat safarida boʻlib qaytishdi.

Jumladan, Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligi bosh direktori A.Sadikov, Sportni rivojlantirish vazirligi mutaxassisi U.Joʻrayev, Agentlik boʻlim boshliqlari N.Azamatova va Sh.Mavlonovlar dastlab, Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurishgan boʻlsa, navbatdagi manzil Qashqadaryo viloyati boʻldi.

Viloyatga tashrifdan koʻzlangan maqsad olis hududlarda sportga berilayotgan eʼtibor qay darajada ekanligini bilish, mavjud kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etish hamda antidoping sohasidagi bilimlarini mustahkamlash borasida oʻrganish ishlarini olib borishdir.

Shu maqsadda Qashqadaryodagi Gʻuzor tuman BOʻSM va Olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab internati, Qarshi olimpiya va paralimpiya zaxiralari kolleji hamda Kasbi tumani BOʻSMlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Shuningdek, Sportni rivojlantirish vazirligi mutaxassisi U.Joʻrayev mazkur sport taʼlim muassasalarida yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik va qabul jarayonlari bilan tanishdi. Oʻz navbatida mutasaddilarga kerakli tushuntirishlar va tavsiyalar berdi.

Qashqadaryoga tashrif yakunida viloyatdagi barcha sport taʼlim muassasasi rahbarlari va tuman boʻlim boshliqlari ishtirokida ZOOM platformasi orqali onlayn yigʻilish oʻtkazildi.

Bu kabi oʻrganish ishlarini olib borishdan koʻzlangan asosiy maqsad chekka hududlarda yechimini topmayotgan masalalarni oʻz vaqtida hal qilish va bu orqali terma jamoaga iqtidorli sportchilarni tayyorlab beradigan sport taʼlim muassasalari faoliyatini yaxshilashdan iboratdir.

 

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish