Yana ikki yildan soʻng dunyo sport jamiyatining nigohi Fransiya poytaxti Parij shahriga qaratiladi. Bu yerda toʻrt yillikning katta sport bayrami hisoblangan Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari oʻtkazildi.
Albatta, ushbu nufuzli musobaqaga tayyorgarlik allaqachon boshlab yuborilgan. Bu yoʻlda sportchilarni saralash (seleksiya), tanlab olingan sportchilarni jismoniy va ruhiy tayyorgarliklarini olib borishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shu oʻrinda aytib oʻtish lozim, terma jamoa safiga muntazam ravishda sportchilarni yetishtirib beruvchi Respublika Olimpiya va Paralimpiya zaxiralari kollejining oʻrni alohidadir.
Mazkur sport taʼlim muassasasining “Gandbol” sport turi boʻyicha tarbiyalanuvchilarga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi Antidoping taʼlim dasturlari boʻlimi boshligʻi S.Tursunova va bosh mutaxassis L.Umedovalar tomonidan “Doping va uning sportchi salomatligiga taʼsiri” mavzusida oʻquv-seminar oʻtkazildi.
Suhbat davomida boʻlajak chempionlar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga yuzlanishdi va savollariga yetarlicha javoblar olishdi. Bunday targʻibot-tashviqot ishlari barcha sport taʼlim muassasalarida oʻtkazib kelinmoqda.
Unutmang, dopingga qarshi kurash har birimizning asosiy vazifamiz boʻlishi lozim!
Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligi
Axborot xizmati