eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

ADAMS tizimi boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi

Butunjahon antidoping agentligi tomonidan ishlab chiqilgan ADAMS (Anti-doping administration and monitoring system) tizimi – bu maʼlumotlarni toʻplash va saqlash uchun onlayn dastur. Har bir sportchi shaxsiy profiliga ega boʻlib, unda uning turgan joyi, doping-testlar va ularning natijalari, dorilarni terapevtik qoʻllash uchun ruxsatnomalar joylashtiriladi.

Hozirgi kunda oʻzbekistonlik sportchilar ham mazkur tuzimda koʻplab xatoliklarga yoʻl qoʻymoqda. Bu esa oʻz navbatida qoidabuzarlik turlariga kiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 yil 1 iyuldagi 2026 yil Milan va Kortina-d‘Ampesso shaharlarida (Italiya) bo‘lib o‘tadigan XXV qishki Olimpiya va XIV Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida”gi PQ 303-sonli Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Agentlik tomonidan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan bo‘lib, mazkur dastur ijrosini taʼminlash, sportchi va sportchilarning yordamchi personaliga ularning huquq va majburiyatlarini (doping-sinamalar natijalariga yondashish, taʼqiqlangan moddalarni isteʼmol qilish uchun terapevtik istisno hujjatlarini rasmiylashtirish, ADAMS tizimi orqali sportchining joylashuvi haqida maʼlumotlarni elektron bazaga kiritishni) o‘rgatish shuningdek, doping-test va doping nazoratning boshqa elementlarini tashkil etish, shu jumladan ADAMS dasturi, namunalar va biomateriallarni topshirish tartib-tamoyili to‘g‘risida sportchilar va shifokorlarga axborot - maslahat berishni taʼminlash maqsadida O‘zbekistonlik Milliy antidoping agentligi Antidoping qoidabuzarliklari va ADAMS monitoringi bo‘limi boshlig‘i N.Azamatova  tomonidan muntazam ravishda tushuntirish ishlari olib borildi.

Jumladan, Toshkent viloyati Chirchiq shahrida oʻquv-mashgʻulot yigʻinini olib borayotgan Ayollar kurashi boʻyicha terma jamoa aʼzolariga ADAMS tizimida roʻyxatdan oʻtish, tizimga maʼlumotlarni kiritish va oʻz vaqtida berilmagan maʼlumotlar uchun qanday antidoping qoidabuzarligi sodir etilgan deb topilishi va jazo turlari boʻyicha maʼlumot berildi.

Shuningdek, parapaurlifting sport turi boʻyicha terma jamoa aʼzolari va murabbiylariga ham ADAMS tizimiga maʼlumot kiritish boʻyicha tushunchalar berildi.

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish