eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

“Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonun muhokamasiga bagʻishlangan seminar tashkil etildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan joriy yilning 15-avgust kuni Sportni rivojlantirish vazirligi binosida vazirlik xodimlari hamda Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligida faoliyat olib borayotgan rahbar va xodimlar uchun seminar tashkil etildi.

Seminarda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi masʼul xodimlari joriy yilning 4-avgust kuni Prezident huzurida boʻlib oʻtgan “Davlat fuqarolik xizmatini isloh qilish hamda boshqaruvda natijadorlikni taʼminlash chora-tadbirlari”ga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida belgilangan vazifalar, ularning ijrosini taʼminlash borasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarga toʻxtalib oʻtildi.

Shuningdek, 8-avgustda yurtboshimiz tomonidan imzolangan, uzoq kutilgan “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi, mazkur qonun bilan davlat fuqarolik xizmatchilarining huquq-majburiyatlari, vazifalari hamda ularning maqomi aniq belgilab berilganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar berib oʻtdi.

Seminar davomida ishtirokchilarga targʻibot guruhi tomonidan qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng keng targʻib etishga qaratilgan taqdimot orqali tushunchalar berildi.

Targʻibot seminari ochiq muloqot, savol-javob tarzida boʻlib oʻtdi. Ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga mutaxassislardan kerakli javoblar olishga muvaffaq boʻlishdi.

Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligi

Axborot xizmati

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish