eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Prezident qarori ijrosi amalda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 29 iyuldagi “Sport kurashlarining olimpiya turlarini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–336-sonli qarori qabul qilingan va ushbu qaror bilan O‘zbekiston Milliy antidoping agentligiga ham vazifalar yuklangan.

Qarorda belgilangan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Agentlik tomonidan uzoqqa mo‘ljallangan dastur ishlab chiqildi. Dasturda – sportchilar va trenerlarni «shaffof sport»ga targ‘ib qilish, sportda farmakologik taʼsirga ega dori preparatlari va boshqa moddalardan to‘g‘ri foydalanish borasida sportchilar, trenerlarning madaniyati va savodxonligini oshirish tadbirlarini o‘tkazish, sportchilarni antidoping mavzulariga oid tegishli o‘quv-axborot materiallari va turli ko‘rgazmali maʼlumotlar bilan taʼminlash hamda sportchilar tomonidan antidoping qoidalariga qatʼiy rioya qilinishi ustidan samarali antidoping nazoratini amalga oshirish nazarda tutilgan.

Dasturda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida sport kurashlari bo‘yicha terma jamoa aʼzolariga antidoping o‘quv seminari o‘tkazildi.

Seminarda sportchilar, murabbiylar va sport shifokorlari ishtirok etishdi. O‘quv-seminari davomida O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi mutaxassislari tomonidan sportda taqiqlangan dori vositalarini isteʼmol qilmaslik, ADAMS platformasidan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha maʼlumotlar berildi.

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish