eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Jizzaxdagi sport muassasalari xodimlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi bosh direktori A.Sadikov, Sportni rivojlantirish vazirligi mutaxassisi U.Jo‘rayev, Agentlik mutaxassislari S.Tursunova va A.Mansurovalar xizmat safari bilan rejaga muvofiq, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlariga tashrif rejalashtirilgan edi.

Jizzax viloyatiga safar davomida viloyatdagi sport taʼlim muassasalarida sportchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi, profilaktika maqsadida sportchilar qanday qo‘shimcha mahsulotlarni isteʼmol qilmoqda, ular isteʼmol qilayotgan dorilar taʼqiqlangan ro‘yxatga kiritilmaganmi shularni bilish maqsadida tibbiyot xonalari ko‘zdan kechirildi va kerakli tushuntirishlar berildi.

Shundan so‘ng, Agentlik mutaxassislari tomonidan murabbiylar, sport shifokorlari va sportchilarga antidoping o‘quv-seminari o‘tkazildi.

Tashrif so‘ngida viloyatdagi sport muassasalari rahbarlari va mutasaddi xodimlari ishtirokida onlayn yig‘ilish ham tashkil etildi. Yig‘ilishda sportchilarning dopingsiz musobaqalarda qatnashishi uchun kerakli tavsiyalar berishga va xalqaro maydonlarda sportchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha Agentlik doim yordamga tayyor ekanligi taʼkidlandi.

O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan bu ishlarning barchasi mamlakatimiz bayrog‘ini xalqaro maydonlarda yuqori ko‘tarayotgan sportchilarimizni salomatligini asrash yo‘lidagi say-harakatdir.

Unutmang, dopingga qarshi kurash har birimizning asosiy vazifamiz bo‘lishi lozim!

O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi

Axborot xizmati

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish