eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Ishchi guruh oʻrganishlari Samarqandda yakunlandi

Xabaringiz bor Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligi va Sportni rivojlantirish vazirligi rahbar xodimlaridan tashkil topgan ishchi guruh viloyatlarda xizmat safarida boʻlib qaytishdi.

Rejaga muvofiq, mos ravishda dastlab Sirdaryo va Jizzax viloyatlariga borishgan boʻlsa, navbatdagi manzil Samarqand viloyati boʻldi.

Samarqandga safar davomida bu yerdagi sport taʼlim muassasalarida ham sportchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi, shu bilan birga profilaktika maqsadida sportchilar qanday qoʻshimcha mahsulotlarni isteʼmol qilmoqda, ular isteʼmol qilayotgan dorilar taʼqiqlangan roʻyxatga kiritilmaganmi shularni bilish maqsadida tibbiyot xonalari koʻzdan kechirildi va kerakli tushuntirishlar berildi.

Anʼanaga muvofiq mutaxassislar tomonidan murabbiylar, sport shifokorlari va sportchilarga antidoping oʻquv-seminari oʻtkazildi.

Tashrif soʻngida viloyatdagi sport muassasalari rahbarlari va mutasaddi xodimlari ishtirokida onlayn yigʻilish ham tashkil etildi. Yigʻilishda sportchilarning dopingsiz musobaqalarda qatnashishi uchun kerakli tavsiyalar berishga va xalqaro maydonlarda sportchilar huquqlarini himoya qilish boʻyicha Agentlik doim yordamga tayyor ekanligi taʼkidlandi.

Bu kabi oʻrganish ishlarini olib borishdan koʻzlangan asosiy maqsad sportchilar halol yoʻl bilan, dopingsiz sof gʻalabalarni qoʻlga kiritishga koʻmaklashishdir.

Unutmang, dopingga qarshi kurash har birimizning asosiy vazifamiz boʻlishi lozim!

Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligi
Axborot xizmati

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish