eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

SPORTCHINING MAJBURIYATLARI VA HUQUQLARI

Sportchining asosiy vazifasi - dopingga yo‘q deb aytish!

Sportchining asosiy vazifasi - dopingga yo‘q deb aytish!
1.     Antidoping qoidalarini bilish va ularga rioya qilish;

2.     Har qanday vaqtda namuna olish uchun tayyor bo‘lish;

3.     Dopingga qarshi kontekstda nima isteʼmol qilayotgani va qo‘llayotganligi uchun javobgar bo‘lishini bilish;

4.     Tibbiyot xodimlarini taqiqlangan moddalar va taqiqlangan usullardan foydalanmaslik majburiyatlari to‘g‘risida xabardor qilish, ularga ko‘rsatiladigan har qanday tibbiy yordam antidoping siyosati va milliy antidoping qoidalariga muvofiq qabul qilingan mahalliy qoidalarga zid kelmasligi uchun javobgar bo‘lishlarini bilish;

5.     Antidoping qoidalari buzilishini tekshirishda O‘zMADA bilan hamkorlik qilish.

Butunjahon antidoping kodeksiga ko‘ra, sportchilar o‘z organizmida taqiqlangan moddalar mavjudligi uchun qatʼiy javobgar. Shuning uchun sportchilar dori-darmonlarni va ayniqsa biologik faol qo‘shimchalarni (parhez qo‘shimchalarini) qabul qilishda juda ehtiyot bo‘lishlari kerak, chunki ular tarkibida taqiqlangan moddalar bo‘lishi mumkin.

  

Sport xodimlari majburiyatlari:
1.     Antidoping qoidalarini bilish va ularga rioya qilish;

2.     Sportchilar uchun sinov dasturlarini amalga oshirishda hamkorlik qilish;

3.     Dopingga nisbatan murosasizlik muhitini yaratish uchun sportchiga, uning qarashlariga va xatti-harakatlariga taʼsir etishdan foydalanish;

4.     Antidoping qoidalari buzilishini tekshirishda Antidoping tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;

5.     Sportchilarni qo‘llab-quvvatlovchi xodimlar biron bir taqiqlangan moddani yoki taqiqlangan usulni hech qanday sababsiz ishlatmasligi yoki egallamasligi kerak.

 

Sportchining huquqi:
1.     Dopingdan holi musobaqalarda qatnashish;

2.     Butunjahon antidoping kodeksi, xalqaro standartlar va dopingga qarshi milliy qoidalarning barcha qoidalariga rioya qilish;

3.     Antidoping qoidalari buzilganligi to‘g‘risida o‘z vaqtida va obyektiv maʼlumot olish;

4.     Antidoping qoidalarini buzilishi to‘g‘risidagi daʼvolarni xolisona ko‘rib chiqish;

5.     Antidoping qoidalarini buzganlik ayblovi va qo‘llanilgan sanksiyalar bo‘yicha apellyatsiya shikoyati berish.

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish