eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Terapevtik istisno (TI) – bu nima?

Sportchilar turli dori vositalarni isteʼmol qilish yoki davolash uslublarini qoʻllashni talab etuvchi kasalliklar va holatlar bilan xastalanishlari mumkin. Agar ushbu kasallik yoki holatni davolash uchun sportchi Butunjahon antidoping agentligi (WADA) ning Taqiqlangan roʻyxatiga kiritilgan modda yoki uslubdan foydalanishi zarur boʻlsa, TI rasmiylashtirish orqali sportchi musobaqa davrida zarur boʻlgan modda yoki uslubdan foydalanishi mumkin boʻladi. Bu vaziyatda sportchi antidoping qoidabuzarlikda ayblanmaydi hamda tabiiyki unga nisbatan hech qanday jazo chorasi qoʻllanilmaydi.

Terapevtik istisno ruxsatini olish uchun arizalar malakali shifokorlardan iborat Terapevtik istisnolar boʻyicha komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi. Milliy antidoping agentliklari, shu jumladan, Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligi huzuridagi Terapevtik istisnolar boʻyicha komissiyaning ruxsatnomalari faqat milliy toifadagi sport musobaqalari hamda oʻquv-mashgʻulotlar davrlarida kuchga ega hisoblanadi.

Terapevtik istisno ruxsatini olish uchun qanday tamoyillar mavjud?

WADAning Xalqaro terapevtik istisnolar boʻyicha standartining 4.2-moddasiga asosan, quyidagi toʻrt tamoyil mavjud boʻlishi shart:

ushbu taqiqlangan modda yoki uslubdan foydalangan xolda davolanishi zarur boʻlgan kasallik sportchida mavjudligi aniqlangan;

ushbu davolash maqsadida qoʻllangan modda, barcha ehtimollarni hisobga olgan xolda, sportchining odatdagi natijadorligi yoki ishchanligini sezilarli darajada yaxshilanishiga olib kelmasligi aniqlangan;

ushbu taqiqlangan modda yoki uslub – bu muayyan kasallikni davolash uchun belgilangan va boshqa alternativasi mavjud boʻlmagan yagona modda yoki uslubligi aniqlangan;

ushbu taqiqlangan modda yoki uslubdan foydalanish ehtiyoji avval undan (TI ruxsatnomasisiz) foydalanganligini oqibati emasligi aniqlanganda.

Kim tomonidan, qayerda va qachon ti arizasi taqdim etiladi?

Antidoping qoidalari talablariga boʻysunishi lozim boʻlgan sportchilar taqiqlangan moddani isteʼmol qilishi yoki taqiqlangan uslubdan foydalanishi uchun avval TI ruxsatnomasini olishi zarur. Siz Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligi bilan uznada.uz@mail.ru elektron pochtasi yoki +99895 1995501, 1996601 telefon raqamlari orqali bogʻlanib, TI ruxsatnomasini olish maqsadida qaysi tashkilotga murojaat qilish lozimligini, arizani retroaktiv ravishda kiritish mumkinligi toʻgʻrisida maʼlumot olishingiz maqsadga muvofiqdir.

Avvalambor, davolanishingiz uchun buyurilgan moddalar yoki uslublar WADA Taqiqlangan roʻyxatidan oʻrin olgan yoki olmaganligini tekshiring. Taqiqlangan roʻyxatni Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligining www.uznada.uz yoki Agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanallari yoki WADA ning veb-saytidan (www.wada-ama.org) yuklab olishingiz mumkin.

Siz antidoping qoidalariga rioya qilishingiz shartligi haqida oʻz shifokoringizni ogohlantirishingiz kerak. Siz va shifokoringiz Sizga buyurilgan modda yoki uslubni Taqiqlangan roʻyxat boʻyicha tekshirishingiz zarur. Agar ushbu modda yoki uslub taqiqlangan boʻlsa, uning oʻrnini bosuvchi taqiqlanmagan modda yoki uslubni qoʻllash yuzasidan shifokoringiz bilan maslahatlashing. Sizga buyurilgan modda yoki uslubning alternativasi mavjud emas xolda TI ruxsatnomasini olish uchun murojaat qiling. Buning uchun javobgarlik sportchining zimmasidaligini unutmang.

Siz qoʻshimcha maʼlumot yoki amaliy yordamga ehtiyoj sezsangiz, Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligi bilan bogʻlanishingiz mumkin. Soʻngra Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligi bilan bogʻlanib, oʻzingizning toifangiz (milliy yoki xalqaro) hamda TI ruxsatnomasini olish uchun belgilangan talablarni aniqlab oling. Agar Siz milliy toifadagi sportchi boʻlsangiz (yaʼni biron marta xalqaro sport musobaqasida ishtirok etmagan boʻlsangiz), TI ruxsatnomasini olish uchun Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligiga oldindan murojaat qilishingiz lozim, favqulodda vaziyatlar va holatlar bundan istisno. Agar Siz xalqaro toifadagi sportchi boʻlsangiz (yaʼni xalqaro sport musobaqasida ishtirok etgan boʻlsangiz), TI ruxsatnomasini olish uchun shugʻullanayotgan sport turingiz boʻyicha Xalqaro sport federatsiyasiga oldindan murojaat qilishingiz lozim, favqulodda vaziyatlar va holatlar bundan istisno. Faqat musobaqa davrida taqiqlangan moddalardan foydalanish yuzasidan TI ruxsatnomasini olish uchun keyingi musobaqa boshlanishidan 30 kun avval murojaat qilishingiz lozim. Murojaat yoʻllash uchun «Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligiga TI murojaatini yoʻllash» sahifasiga eʼtibor qarating.

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish