eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Mutasaddilar Fargʻonada antidoping oʻquv seminarini oʻtkazishdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi “2024-yil Parij shahrida (Fransiya) boʻlib oʻtadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash toʻgʻrisida”gi qarori hamda 2022-yil 1-iyuldagi “2026-yil Milan va Kortina-dʼAmpesso shaharlarida (Italiya) boʻlib oʻtadigan XXV qishki Olimpiya va XIV Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash toʻgʻrisida”gi qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida ayni kunlarda Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlarida xizmat safarlarida boʻlib turishibdi.

Jumladan, joriy yilning 21-avgust kuni Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligi bosh direktori A.Sadikov, Sportni rivojlantirish vazirligi mutaxassisi U.Joʻrayev, Agentlik boʻlim boshligʻi S.Tursunova va F.Abdurashidovalar dastlab, Fargʻona viloyatiga tashrif buyurishdi.

Viloyatga tashrifdan koʻzlangan maqsad hududlarda sportga berilayotgan eʼtibor qay darajada ekanligini bilish, mavjud kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etish hamda antidoping sohasidagi bilimlarini mustahkamlash borasida oʻrganish ishlarini olib borishdir.

Shu maqsadda Fargʻona viloyatida joylashgan sport taʼlim muassasalarida amalga oshirilayotgan ishlarni koʻzdan kechirish bilan bir qatorda, viloyatda faoliyat olib borayotgan murabbiylar, sport shifokorlari va sportchilarga dopingga qarshi kurashish boʻyicha tavsiyalar berishdan iborat.

Fargʻona viloyatiga safar davomida viloyatdagi sport taʼlim muassasalarida sportchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi, profilaktika maqsadida sportchilar qanday qoʻshimcha mahsulotlarni isteʼmol qilmoqda, ular isteʼmol qilayotgan dorilar taʼqiqlangan roʻyxatga kiritilmaganmi shularni bilish maqsadida tibbiyot xonalari koʻzdan kechirildi va kerakli tushuntirishlar berildi.

 

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish