Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-yil 1-iyuldagi 2026-yil Milan va Kortina-dʼAmpesso shaharlarida (Italiya) boʻlib oʻtadigan XXV qishki Olimpiya va XIV Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash toʻgʻrisida”gi PQ 303-sonli Qarorida Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligiga ham qator vazifalar yuklangan.
Shu maqsadda chora tadbirlar rejasi ham ishlab chiqilgan boʻlib, mazkur chora-tadbirlarni amalga oshirishda Agentlikning Antidoping qoidabuzarliklari va ADAMS monitoringi boʻlimi tomonidan Parasuzish va Paratayekvondo boʻyicha sportchilarga individual tarzda shaxsiy profilni boshqarish va yuzaga kelgan texnik kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etish boʻyicha amaliy yordam koʻrsatildi.
Qolaversa, sportchi va sportchining yordamchi personaliga ularning huquq va majburiyatlarini yaʼni doping-sinamalar natijalariga yondashish, taʼqiqlangan moddalarni isteʼmol qilish uchun terapevtik istisno hujjatlarini rasmiylashtirish, ADAMS tizimi orqali sportchining joylashuvi haqida maʼlumotlarni elektron bazaga kiritish ham tushuntirib oʻtildi.