Poytaxtimizdagi muhtasham “Humo Arena” saroyida oʻtkazilayotgan dzyudo boʻyicha kattalar oʻrtasidagi jahon chempionati oʻzining qizgʻin pallasiga kirib bormoqda.
Mazkur chempionatda sportchilardan doping sinamalarni olish Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligiga ishonib topshirildi.
Umumiy mukofot jamgʻarmasi bir million yevroni tashkil qiluvchi dunyo birinchiligida 18 nafar sportchimiz mamlakatimiz sharafini himoya qilmoqda.
Oʻz tarixida 35-marotaba tashkil etilayotgan dunyo birinchiligida sayyoramizning 5 qitʼasi 84 davlatidan jami 575 nafar (311 erkak, 264 ayol) dzyudochi musobaqa medallari hamda Parij-2024 Olimpiadasining qimmatli reyting ochkolari uchun bahslarga kirishgan.
Oldindagi bahslarda sportchilarimizga omad tilaymiz.