Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligi rahbariyati va xodimlari ishtirokida Markaziy Osiyo Mintaqaviy antidoping tashkiloti (RADOSA) mutasaddilari bilan onlayn yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilish kun tartibidan oʻrin olgan asosiy masala, doping ofitserlarni malakasini oshirish, oʻzaro tajriba almashinuvni yoʻlga qoʻyish va ish davomida yuzaga kelayotgan muammoli masalalarda qanday yoʻl tutish lozimligi boʻyicha soʻz yuritildi.
Onlayn yigʻilish yakunida uzoq yillardan beri faoliyat olib borayotgan antidoping tashkilotlari bilan tajriba almashish maqsadida xodimlarni yuborish jumladan, Qozogʻiston milliy antidoping agentligiga tajriba almashinuvi asosida oʻquv seminarlarni tashkil qilishga kelishib olindi.