eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Qo‘shma antidoping o‘quv-seminari tashkil etildi

Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi va Milliy paralimpiya qoʻmitalari tomonidan tasdiqlangan “2024-yil Parij shahrida (Fransiya) boʻlib oʻtadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini tayyorlashda doping qoʻllanilishini oldini olish va dopingga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi dasturi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi PQ–5280-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida 2022-yilning 18-oktyabr kuni Sportni rivojlantirish vazirligi binosida qoʻshma tadbir tashkil etildi

Shunga muvofiq, O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan federatsiya va assotsiatsiya sportchi, sport shifokorlari va murabbiylariga antidoping o‘quv seminarlarini o‘tkazib kelmoqda.

Jumladan, bugun Sportni rivojlantirish vazirligi majlislar zalida O‘zbekiston Zamonaviy beshkurash federatsiyasi hamda O‘zbekiston Triatlon federatsiyasi murabbiylari, sport shifokorlari hamda sportchilariga antidoping qoidalari yuzasidan antidoping o‘quv-seminari o‘tkazildi.

Agentlik xodimlari tomonidan sportchilardan doping sinamalarni olish jarayoni shuningdek, antidoping qoidabuzarliklar yuzasidan tushuntirish berildi.

Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan yuzlanishdi va mutaxassislar tomonidan kerakli tushunchalar berildi.

 

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish