Xurshidbek Rasuljonovning doping-sinamasida taqiqlangan modda aniqlanganligi sababli, u 3 yil muddatga diskvalifikatsiya qilindi.
Doping-sinama sportchidan Toshkent shahrida 22 yoshgacha boʻlgan bokschilar oʻrtasida (ASBC Asian U22 Boxing Championships) Osiyo chempionati davomida olingan.
X.Rasuljonov ushbu musobaqada 60 kg vazn toifasida Osiyo chempioni unvoniga sazovor boʻlgandi. Shunday qilib, sportchi 2022-yil Osiyo chempioni unvonidan mahrum qilindi.