eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Buxoroda antidoping oʻquv-seminari oʻtkazildi

Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligi hududlarga borgan holda antidoping oʻquv-seminarlarini oʻtkazib kelmoqda.

Navbatdagi seminar Buxoro va Navoiy viloyatlarida oʻtkazildi. Mazkur seminarda Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligi bosh direktori A.Sadikov, Sportni rivojlantirish vazirligi mutaxassisi U.Joʻrayev va agentlik xodimlari tomonidan “Sportda dopingga qarshi kurashish muammolari” mavzusida oʻquv-seminar oʻtkazildi va oʻrganish ishlari olib borildi.

Dastlab, Buxoro viloyatidagi sport taʼlim muassasalarida sportchilarga yaratib berilgan sharoitlar, sportchilar qanday dori vositalarini isteʼmol qilayotganligi, bu dori vositalari taqiqlangan roʻyxatda mavjud emasligi yuzasidan oʻrganish ishlari olib borildi.

Shundan soʻng, viloyatdagi sport taʼlim muassasalarida faoliyat olib borayotgan murabbiylar, sport shifokorlari va mutasaddilar ishtirokida oʻquv-seminar tashkil etildi.

Seminarda sport tibbiyoti xodimlari hamda trenerlar tomonidan sportchilarni yuqori natijalarga erishishlari uchun qanday vitaminlar isteʼmol qilinishi kerak ekanligi, sportchilardagi oʻzgarishlarga qay tarzda ilmiy jihatdan yondashish zarurligi, doping ofitserlari tomonidan qaysi vaqtda sportchilardan doping test olinishi hamda ADAMS platformasiga kiritilgan sportchilar oʻz vaqtida profillarini toʻldirib borishlari lozimligi tushuntirildi.

Oʻquv-seminar davomida masʼul xodimlar ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Yigʻilish onlayn va oflayn tarzda tashkil etilgan boʻlib, sport taʼlim muassasalarini oʻrganish davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mutasaddilarga kerakli topshiriq va tavsiyalar berildi.

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish