eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

“O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishonlari o‘z egalariga topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yorqin ifodasi sifatida demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish, aholining erkin va obod turmushini taʼminlash, mamlakatning xalqaro maydondagi obro‘-eʼtiborini yuksaltirish hamda barcha sohalarda islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.

Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni taʼsis etildi.

Nishonlar bilan bir guruh sohada xizmat qilib kelayotgan rahbar xodimlar taqdirlanmoqda. Kecha mazkur nishonlarni o‘z egalariga topshirish maqsadida Turizm va madaniy meros vazirligida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov olib bordi va barchani mazkur sana munosabati bilan tabrikladi hamda nishonlarni o‘z egalariga topshirdi.

Ushbu tadbirda O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi bosh direktori Abdushukur Sadikov ham ishtirok etdi va “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi. Shuningdek, Agentlikning Doping nazorati bo‘limi mutaxassisi Asal Muslimovaga ham esdalik nishon topshirildi.

 

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish