Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–5057-sonli qarorida Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligi huzurida terapevtik istisno boʻyicha komissiya, axloq boʻyicha komissiya va Apellyatsiya boʻyicha komissiyalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish belgilangan.
Shunga muvofiq, Agentlik huzurida terapevtik instesno boʻyicha komissiya tarkibi shakllantirilgan hamda faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Ushub komissiya farmakologik taʼsirga ega taʼqiqlangan dori preparatlari va boshqa moddalar toʻgʻrisida maʼlumotlar bazasini doimiy yangilanib borilishini taʼminlaydi.
Bugun, Agentlikda mazkur komissiyaning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishni Agentlik bosh direktori A.Sadikov olib bordi. Shuningdek, yigʻilishda komissiya raisi Sogʻliqni saqlash vazirligi “Dori vositalari va tibbiy buyumlar, tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi” DUK Farmakologiya qoʻmitasi raisi S.Saidov, Toshkent Farmatsevtika instituti professori A.Karimov, Toshkent Farmatsevtika instituti dotsenti A.Qosimov va Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi boʻlimi rahbari, B.F.d. A.Soliyevlar ishtirok etishdi.
Komissiyaning asosiy vazifasi sportda doping qoʻllanilishining oldini olish va dopingga qarshi kurashish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish, Butunjahon antidoping kodeksi, Xalqaro antidoping standartlariga asoslangan milliy antidoping qoidalari hamda normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va joriy qilish va ularga rioya etilishini taʼminlaydi. Shuningdek, Antidoping nazoratini samarali tizimini, sportda farmakologik taʼsir koʻrsatuvchi dori vositalari va boshqa moddalar qoʻllanilishini nazorat qilish dasturlari va uslublari, shuningdek, sportchilar va sport tashkilotlari uchun intizomiy reglamentni ishlab chiqish va joriy etish bilan shugʻullanadi.
Komissiya aʼzolari kun tartibidan oʻrin olgan masalalar yuzasidan oʻz fikr mulohazalarini bildirishdi.