Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida xalqaro tashkilotlar bilan oʻzaro samarali faoliyatni amalga oshirish, jahonda yuqori oʻrinlarda turadigan Antidoping agentliklari bilan oʻzaro tajriba almashish vazifasi yuklatilgan.
Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligi va Koreya milliy antidoping agentliklari oʻrtasida uzoqqa moʻljallangan kelishuv memorandumi imzolangan edi. Ushbu memorandum xodimlarni malakasini oshirish yaʼni doping nazorati, terapevtik istisno hamda antidoping taʼlim dasturlari boʻyicha oʻquv kurslarni tashkil qilishga qaratilgandir.
Ushbu memorandum doirasida onlayn va oflayn oʻqitish kurslari tashkil etiladi va yakunda xalqaro darajada tan olingan sertifikatlar taqdim etiladi.
Shu maqsadda Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligi xodimlari xizmat safari bilan Janubiy Koreya Respublikasida boʻlib turishibdi. Malaka oshirish dasturiga muvofiq, har bir yoʻnalish boʻyicha bilimlari mustahkamlanmoqda.