eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Kibersport bo‘yicha o‘quv-uslubiy tadbirlar o‘tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 16 dekabrdagi “Kibersport turlarini yana-da rivojlantirish va keng ommalashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–423-sonli qarori bilan Respublikada kibersport rasman alohida sport turi sifatida eʼtirof etildi.

Mazkur qaror bilan kibersport turlari bo‘yicha respublika va xalqaro chempionatlar va turnirlar tashkil etish, shuningdek, nufuzli xalqaro va mintaqaviy musobaqalarda munosib ishtirok etish vazifalari belgilangan.

Shuningdek, mazkur qarorda O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligiga ham qator vazifalar yuklatilgan. Jumladan, “Kibersport turlarini yana-da rivojlantirish va keng ommalashtirish chora-tadbirlari dasturi”da Agentlik tomonidan kibersportda dopingga qarshi kurashish ishlarini takomillashtirish, antidoping taʼlim dasturlari va o‘quv-uslubiy adabiyotlarini ishlab chiqish hamda kibersportchilar tomonidan antidoping qoidalariga qatʼiy rioya qilinishi ustidan samarali nazoratni amalga oshirish vazifalari belgilab qo‘yilgan.

Ushbu vazifalarni samarali va o‘z vaqtida bajarish maqsadida Agentlikda mutasaddilar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi direktori A.Sadikov va O‘zbekiston kibersport assotsiatsiyasi rahbari D.Jo‘rayev va boshqa mutasaddi xodimlar ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida kibersport sohasida yangi o‘quv-uslubiy adabiyotlar yaratish va doimiy ravishda antidoping o‘quv-seminarlarini o‘tkazishga kelishib olindi.

Alohida taʼkidlab o‘tish lozim, mazkur sport turi mamlakatimizda yosh bo‘lishiga qaramay O‘zbekiston chempionati bahslari ham o‘tkazib kelinmoqda va mamlakat terma jamoasi ham shakllantirilgan bo‘lib, doimiy ravishda xalqaro musobaqalarda yakkalik va jamoaviy bahslarda ishtirok etib kelmoqda.

O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi

Matbuot xizmati

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish