O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi tomonidan ustuvor hisoblangan federatsiya va assotsiatsiyalarga borgan holda antidoping o‘quv-seminarlari o‘tkazib kelinmoqda.
Jumladan, kuni kecha Toshkent viloyatida o‘quv-mashg‘ulot olib borayotgan boks bo‘yicha terma jamoa aʼzolari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Mazkur seminarda 30 ga yaqin sportchilar va sport shifokorlari hamda murabbiylar ishtirok etishdi.
Hozirgi kunda jahon arenalarida yuqori o‘rinlarni egallab kelayotgan bokschilarimizga isteʼmol qilayotgan dori vositalari yoki qo‘shimcha ozuqalar tarkibida taqiqlangan dori vositalari mavjud emasligini alohida nazorat qilish va tushuntirish ishlarini olib borish lozim.
Agentlik mutaxassislari tomonidan antidoping qoidabuzarliklari, terapevtik istisnolar va ADAMS platformasi bo‘yicha tushunchalar berildi. Seminar davomida sportchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va mutaxassislar tomonidan kerakli tavsiyalar berildi.