Oʻzbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi xalqaro va mahalliy tashkilotlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻygan holda dopingga qarshi samarali kurashish borasida muntazam uchrashuvlar tashkil qilib kelmoqda.
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi direktori A.Sadikov va Rossiya antidoping agentligi (RUSADA) xodimi A.Filatov bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda tomonlar har ikki mamlakat antidoping agentliklari oʻrtasida oʻzaro aloqalarni mustahkamlash, xodimlar oʻrtasida tajriba almashish masalalarini muhokama qildilar.
Oʻz navbatida A.Filatov Oʻzbekistonda dopingga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlarga xalqaro tashkilotlar tomonidan ham yuqori baho berilayotganligini taʼkidlab oʻtdi