O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi Turkiyaning janubi-sharqiy viloyatlarida ro‘y bergan kuchli zilzila oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va katta talafotlar ko‘rilgani munosabati bilan chuqur hamdardlik izhor etadi.
O‘zbek va turk xalqlari yaxshiyu yomon kunlarda hamisha birga bo‘lgan, bir-birini qo‘llab-quvvatlagan. Bu do‘stlik, qardoshlik va o‘zaro yelkadoshlik hozirgiday og‘ir kunlarda yana-da bilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi ofat oqibatlarini qalbiga yaqin olib, chuqur qayg‘u va hamdardlik hisini tuydi. Og‘ir kunlarni boshidan o‘tkazayotgan turk xalqi hamda Turkiya antidoping qo‘mitasi bilan hamkorlikni davom ettirish va qanday yordam kerak bo‘lsa hamisha tayyor ekanligini bildiradi.
Parvardigordan marhumlarni o‘z rahmatiga olishini, ularning oilasi va yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik berishini tilaymiz.