O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi tomonidan muntazam ravishda o‘tkazib kelinayotgan antidoping o‘quv-seminarlarining navbatdagisi Sportning qishki va murakkab texnik turlari bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabida o‘tkazildi.
Ushbu seminarda sportchilar, sport shifokorlari va murabbiylar ishtirok etishdi. Seminar davomida tinglovchilarga antidoping qoidabuzarliklari, ADAMS tizimida profil yuritish, terapevtik istisnolar va doping sinama topshirish jarayonida sportchining huquq va majburiyatlari to‘g‘risida maʼlumotlar berildi.
Toshkent viloyati Chimyon o‘quv-mashg‘ulotlar bazasida o‘tkazilgan seminarda 100 ga yaqin tinglovchilar ishtirok etishdi. Seminar davomida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va mutaxassislar tomonidan kerakli tavsiyalar berildi.