Ayni kunlarda Shvetsariyaning Lozanna shahrida Butunjahon antidoping agentligi (VADA) ning yillik simpozium bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur anjumanda dunyoning 800 dan ortiq Xalqaro federatsiyalar, milliy va mintaqaviy antidoping tashkilotlari rahbarlari bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi direktori A.Sadikov va agentlik xodimi J.Raxmonberdiyevlar ishtirok etishmoqda.
15-16 mart kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan sipmpoziumning birinchi kunida anjuman ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi va unda VADA prezidenti Vitold Banka so‘zga chiqib, yig‘ilganlarga halol sport yo‘lida samarali faoliyat olib borayotganliklari uchun minnatdorlik bildirdi.
Shundan so‘ng simpozium o‘z ishini boshladi. Simpozium birinchi kunida davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik, davlatlarning VADA kodeksiga bo‘lgan munosabati va Birlashgan millatlar tashkiloti tomonidan tasis qilingan konvensiya haqida so‘z bordi. Shuningdek, turli masalalar muhokama qilindi.