eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Butunjahon antidoping agentligining yillik simpoziumi o‘z ishini yakunladi

Avval xabar berganimizdek, Shvetsariyaning Lozanna shahrida Butunjahon antidoping agentligi (VADA) ning yillik simpoziumi bo‘lib o‘tmoqda. Simpozium birinchi ish kunida davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik, davlatlarning VADA kodeksiga bo‘lgan munosabati va Birlashgan millatlar tashkiloti tomonidan taʼsis qilingan konvensiya haqida so‘z bordi.

Sammitni ikkinchi kuni bir qator xorijiy davlatlar antidoping agentliklari va VADA tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyalar, korxonalar rahbarlari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Xususan, Agentlik direktori A.Sadikov VADA bosh menejeri Ieva Lukosituen-Stanikuniyene, Osiyo mintaqasi boshlig‘i Kenny Lee, VADAning Muvofiqlik qoidalari va standartlar bilan ishlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari Emiliano Simonelli, Koreya antidoping agentligi direktori Young Hee Lee hamda RADOKA menejeri Venera Abdula bilan muloqotlar bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida hozirgi kunda antidoping sohasida yuzaga kelayotgan muammoli masalalarni hal qilish bo‘yicha fikr almashildi va kelishuvlarga erishildi.

O‘z navbatida VADAning Muvofiqlik qoidalari va standartlar bilan ishlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari Emiliano Simonelli Agentlikning 2018-2022 yilgi faoliyatini to‘liq tekshirilganligi va tekshiruvlarni muvaffaqiyatli yakunlagani shuningdek, halol sport yo‘lida samarali faoliyat olib borilayotganligi bilan Agentlik direktori A.Sadikovga minnatdorchilik bildirdi.

14-15 mart kunlariga rejalashtirilgan VADAning yillik simpoziumi o‘z ishini yakunladi.

 

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish