eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

YUNESKO Konvensiyasi yuzasidan yigʼilish oʼtkazildi

Dunyo boʼyicha deyarli barcha mamlakatlar amal qilishi lozim boʼlgan bir qator xalqaro normativ hujjatlar mavjud. Bulardan biri Butunjahon antidoping kodeksiga qoʼshimcha ravishda tasdiqlangan “Sportda dopingga qarshi kurash toʼgʼrisida”gi xalqaro Konventsiyadir.

2005 yilning 19 oktyabrь kuni qabul qilingan Konvensiyaning asosiy maqsadi tinchlik va xavfsizlikka koʼmaklashishga hissa qoʼshish, shuningdek jismoniy tarbiya va sport sohasidagi faoliyatida dopingni oldini olish va uni bartaraf etish maqsadida sportda dopingga qarshi kurashishdir.

Mazkur Konvensiya qoidalariga amal qilinishi boʼyicha har ikki yilda bir marotaba Frantsiyaning Parij shahrida YUNESKO tashkilotiga aʼzo 195 dan ortiq davlatlar vakillari ishtirokida sessiya oʼtkaziladi.

Bugun Oʼzbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligida mazkur masalaga aloqador boʼlgan vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida ishchi yigʼilish tashkil qilindi.

Yigʼilishda, YUNESKO ishlari boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʼmitasi va Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligidan vakillar ishtirok etishdi.

Ishchi yigʼilish raisi Oʼzbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi direktori А.Sadikov Konventsiyaning asosiy maqsadi, unda koʼrsatilgan bandlar boʼyicha amalga oshirilgan va bajarilishi lozim boʼlgan masalalarga toʼxtalib oʼtdi.

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish