O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 16 dekabrdagi “Kibersport turlarini yana-da rivojlantirish va keng ommalashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan agentlikka ham qator vazifalar yuklatilgan. Jumladan, kibersport bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanma yaratish topshirig‘i berilgan. Topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida “Kibersportda dopingga qarshi kurash” o‘quv-uslubiy qo‘llanma nashr etildi.
Uslubiy qo‘llanma kibersport bilan shug‘ullanadigan sportchilarda yuzaga keladigan dopingga qarshi kurash va tarkibida taqiqlangan dori vositalari hamda biologik aktiv qo‘shimchalardan foydalanish oqibatida keyingi asoratlar tavsifini, antidoping qoidabuzarliklari, TI ruxsatnomasi va doping test olish jarayonlari haqida maʼlumotlar beradi, shuningdek dopingga qarshi kurashish bo‘yicha qadamma-qadam profilaktik chora-tadbirlar rejasi va amalga oshirish kerak bo‘lgan tavsiyalarni o‘z ichiga olgan.
Qo‘llanma kibersport bilan shug‘ullanayotgan professional va havaskor sportchilar bilan bir qatorda sport federatsiyalar (assotsiatsiyalar) va sport maktablarining sport tibbiyoti shifokorlari, nevropatologlar, umumiy amaliyot shifokorlari va boshqa ixtisoslikdagi shifokorlar uchun mo‘ljallangan.