O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 24 dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilingan bo‘lib, ushbu farmon bilan davlat idoralarini yangi bosqichga olib chiqish, har bir sohani yana-da rivojlantirish borasida islohotlar nazarda tutilgan.
Shuning bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi ham sohani rivojlantirish, mamlakatni dopingdan holi hududga aylantirish borasida qator samarali ishlarni amalga oshirib kelmoqda.
Agentlik tomonidan respublikada faoliyat olib borayotgan sport shifokorlari, murabbiylar va mutasaddilar ishtirokida uzluksiz kasbiy taʼlimni taʼminlash maqsadida antidoping malaka oshirish kursi tashkil qilinmoqda.
Navbatdagi antidoping malaka oshirish kursi Qashqadaryoda tashkil qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi va viloyat Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan to‘rt kunga mo‘ljallangan 24 soatlik malaka oshirish kursida Agentlik xodimlari tomonidan 200 nafar sohada faoliyat olib borayotgan sport shifokorlari va murabbiylarga antidoping sohasida ko‘rgazmali qurollar bilan maʼruzalar qilishmoqda. Kurs yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar taqdim etiladi.